Maktabda o‘qituvchini urgan ayolga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
3-sahifa
−
19 noyabr
11630Avvalroq, Xorazm viloyatida ayol o‘quvchilar oldida o‘qituvchini do‘pposlagani haqida xabar berilgandi. O‘qituvchini urgan ayolga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Bosh prokuraturaga ko‘ra, voqea joriy yilning 15 oktyabr kuni Xorazm viloyatining Xonqa tumanidagi 36-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida sodir bo‘lgan. O‘quvchining onasi S.R. va o‘qituvchi G.R. (ayol) o‘rtasida ziddiyat kelib chiqib, urishib ketgan.
Ushbu holat yuzasidan ichki ishlar organi tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilib, fuqaro S.R.ga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-(Tuhmat) va 52-(Yengil tan jarohati yetkazish) moddalari 2-qismi, G.R.ga nisbatan esa 52-moddasi 1-qismi bilan ma’muriy huquqbuzarlikka oid ish qo‘zg‘atilib, to‘plangan hujjatlar ko‘rib chiqish uchun sudga yuborilgan.
Mazkur qaror prokuratura tomonidan nazorat tartibida o‘rganilib, asossiz bo‘lganligi sababli bekor qilingan va 18 noyabr kuni fuqaro S.R.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (Bezorilik) 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qashqadaryodagi maktabda o‘quvchi va o‘qituvchi janjallashgandi. Holat yuzasidan Qarshi shahar IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilib, ularning xatti-harakatlariga chora ko‘rish uchun mazkur ish materiallari Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasiga (Mayda bezorilik) asosan sudga yuborilgandi.
LiveBarchasi