Qurollangan öğrilar supermarketda 30 kişini garovga oldi (video)
Olam
−
2923 2 daqiqa
Kolumbiya şimolidagi Kartaxena şahrida qurolli şaxslar supermarket xaridorlari va xodimlarini garovga olib, ularni ozod qiliş evaziga 7 milliard Kolumbiya pesosi (taxminan 2 million dollar) talab qildi. Bu haqda “El País” gazetasi xabar berdi.
Naşr ma’lumotlariga köra, jinoyatçilar keça, 24 noyabr kuni ertalab Paseo de la Castellana savdo markaziga kirib olgan. Taxminlarga köra, ular inkassator avtomobilini tunaşni rejalaştirişgan, biroq politsiya yetib kelganidan söng supermarket içkarisiga yaşirinib, odamlarni garovga olgan.
“Politsiya hujum ortida kim turganiga hozirça aniqlik kiritmadi, biroq barçasidan körinib turibdiki, u tayyorgarlik körgan jinoyatçilar tomonidan sodir etilgan”, deyiladi materialda.
Dastlab huquq-tartibot idoralari xodimlari beş nafar keksa yoşli ayolni ozod qilgan. Keyinroq operatsiyani ötkaziş uçun voqea joyiga politsiya, harbiy-dengiz kuçlari va dengiz piyodalari bölinmalari, şuningdek, snayperlar jalb etilgan.
Garovga oliş boşlanganidan taxminan ikki soat ötgaç, huquq-tartibot idoralari xodimlari qolgan barça garovdagilarni ozod qilgan. Jinoyatçilarning qölga olingani haqida hozirça ma’lumot yöq.
Eslatib ötamiz, avvalroq qiroliça Yelizaveta II şahzoda Uilyam va Keyt Middltonga töy sovğasi sifatida bergan şahar taşqarisidagi uyga öğri tuşgani haqida xabar berilgan edi. Vertolyot yordamida olib borilgan qidiruvlar natijasida ikki kişi qölga olingan. Hodisa sodir bölgan paytda qirollik juftligi va ularning farzandlari uyda bölmagan.
Live
Barçasi