Maktab oldida dezinfeksiya tonneli bo‘lishi kerakmi? Shermatov javob berdi

Jamiyat

image
O‘zbekistonda maktablarni ochish uchun qanday tayyorgarlik ko‘rilayotgani aytildi north_east

O‘zbekistonda maktablarni ochish uchun qanday tayyorgarlik ko‘rilayotgani aytildi

O‘zbekistonda koronavirus pandemiyasi davom etayotgan bir vaqtda turli tashkilot va muassasalarning eshigi oldiga dezinfeksiya tonnellarini o‘rnatish urf bo‘ldi. Qayerga qarama shunday yo‘laklar. Agar Xalq ta’limmi vazirligi taklifiga binoan maktablarda 14 sentyabrdan o‘qish boshlansa, ta’lim muassasasi oldiga ham shunday tonnellar o‘rnatiladimi? Bu savolga Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov javob berdi.

“Pandemiya boshida hamma joyga COVID-19 tonnellari o‘rnatilgandi. Ba’zi hokimiyatlar maktab oldiga ham o‘rnatib qo‘ygandi. Ular olib tashlandi. Maktab oldida COVID tonneli bo‘lishi kerak emas. Shuning uchun, hokimiyatlardan ham, maktab direktoridan ham iltimos bunga ortiqcha pul sarflash kerak emas. Undan xlorli suyuqlik sepilsa, bolaga xarari bo‘lishi mumkin”, dedi vazir.

Shuningdek, u dars vaqtini qisqartirish masalasiga ham to‘xtalib o‘tdi. Shermatovning so‘zlariga ko‘ra, dars vaqtini qisqartirish ayrim darslarga taalluqli bo‘lishi mumkin. Bunda maksimal darajada darsni 45 daqiqa davomiyligini saqlab qolishga harakat qilinadi.

Bundan tashqari, vazir maktabdagi biror o‘quvchida koronavirus aniqlansa, ta’lim muassasasi to‘lig‘icha yopilmasligini ma’lum qildi.

“Bitta sinfda koronavirus chiqadigan bo‘lsa, o‘sha sinfning o‘zini yopib, onlayn ta’limga o‘tkazamiz degan taklif berilyapti”, dedi Shermatov.

Avvalroq, 7 sentyabrdan ayrim maktablarda sinov tariqasida, 14 sentyabrdan esa barcha umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida o‘qish boshlanishi mumkinligi haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

maktab Sherzod Shermatov

Baholaganlar

219

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing