O‘zbekistonda maktablarni ochish uchun qanday tayyorgarlik ko‘rilayotgani aytildi

Jamiyat

image
Maktablarni ochishda ota-onalar fikri o‘rganiladi – Shermatov murojaat bilan chiqdi north_east

Maktablarni ochishda ota-onalar fikri o‘rganiladi – Shermatov murojaat bilan chiqdi

Pandemiya davrida maktablar ochilishi uchun qanday talablar mavjud? Bu haqdagi savolga Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori o‘rinbosari Bahrom Almatov javob berdi deb xabar bermoqda QALAMPIR.UZ muxbiri. 

“Birinchidan, maktablarimizda mukammal tozalash ishlarini o‘tkazganimizdan keyin dezinfeksiyalab, har bir sinfxonani shamollatish imkoniyatini yaratishimiz kerak. 

Ikkinchidan maktabga kirish joyida, sinfxonalarni qo‘llarni zararsizlantirish uchun antiseptik, dozator va sanitayzerlar bilan ta’minlab, yetarlicha antiseptik moddalar zaxirasini yaratishimiz lozim.  

Bundan tashqari, profilaktik dezinfeksiya tadbirlarini amalga oshirish uchun joylardagi xo‘jalik hisobidagi dezinfeksiya stansiyalari va boshqa tashkilotlarni ham jalb qilib, ular bilan yillik shartnomalarni rasmiylashtirishimiz zarur”, deydi Almatov. 

Mansabdorning qayd etishicha, o‘qituvchilar dars jarayonida tibbiy niqobda bo‘lishlari, har bir niqobdan foydalanish davomiyligi esa 3 soatdan oshmasligi shart. 

Shuningdek, koronavirusning oldini olishda maktab faoliyatida qo‘llaniladigan asosiy talablarga ichimlik suvi masalasi ham kiritilgan bo‘lib, ayni vaqtda mazkur masalani hal etish ishlari olib borilmoqda. 

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi maktablarda darslarni 3 smena tashkil etish, har bir smena oldidan sinfxonalar va yo‘laklarni dezinfeksiyalash taklifini bermoqda. 


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus

Baholaganlar

278

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing