Maktab isitish tizimida muammo bormi? Hokimbuvalarga murojaat qiling

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda maktab o‘quvchilarining sovuq xonalarda o‘qishayotgani haqida turli xabarlar tarqalmoqda. Shu kabi shikoyatlar Xalq ta’limi vazirligiga ham kelib turibdi. 

Shu sababdan XTV tarmoqlarda tarqalayotgan xabarlar va vazirlikka kelib tushayotgan shikoyatlarga munosabat beldirdi.

Ma’lum qilinishicha, “Xalq ta’limini boshqarish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 sentyabrdagi farmonining 3-bandiga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, Toshkent shahar hokimlari maktablarni kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi uchun mas’ul hisoblanadi. 

"Maktabning isitish tizimiga bog‘liq muammolar bo‘lsa, mahalliy hokimiyatlar tuzgan ishchi guruhlarga xabar berishingizni so‘raymiz", deyiladi vazirlik xabarida.

Shahnoza To‘ramurotova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Maktab isitish tizimi

Baholaganlar

31

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing