Maktab direktorlari faoliyati 3 mezon asosida baholanadi

Jamiyat

image

Xalq ta’limi vazirligi huzurida  “Kasbga tayyorlash va sertifikatlash” markazini tashkil etish va 11-sinf bitiruvchilariga egallagan kasbiy ko‘nikmalari bo‘yicha xalqaro darajada tan olinadigan sertifikatlar berish rejalashtirilgan. Bu haqda Xalq ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari Usmon Sharifxo‘jayev brifing vaqtida ma’lum qildi.

Maktab direktorlari va o‘qituvchilarning o‘z bitiruvchilari kelajagiga jiddiyroq yondashishi borasidagi rag‘batlantirish mexanizmini yo‘lga qo‘yish vazifasi belgilandi. Unga muvofiq, direktorlarning faoliyatiga bundan buyon - aynan bitiruvchilarning hayotda o‘z o‘rnini topganlik darajasiga qarab baho beriladi.

Hozirda vazirlik tomonidan tegishli mezonlar ustida ishlanmoqda.

Xususan:

•    bitiruvchilarning oliy o‘quv yurtlariga kirishdagi natijalari;

•    o‘qishga qamrab olinmagan bitiruvchilarning mehnat bozorida munosib o‘rin egallaganlari;

•    direktorlarning o‘z jamoasidagi o‘qituvchilarning kasbiy rivojlanishiga berayotgan e’tibori kabi mezonlar o‘rin egallaydi.

Mezonlar bo‘yicha ijobiy natija ko‘rsatgan maktab direktorlarini va jamoa a’zolarini rag‘batlantirish mexanizmi joriy qilinadi.

O‘zbekiston Prezidenti yoshlar va xotin-qizlar bandligini oshirish, ularni daromad manbai bilan ta’minlash masalalari bo‘yicha videselektor yig‘ilishida maktab bitiruvchilar OTMga kirolmasligini tanqid ostiga olgandi.


Maqola muallifi

Teglar

maktab

Baholaganlar

200

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing