Maktab darsligida musiqa asboblari nomi xato yozilmoqdami? Holatga izoh berildi
Jamiyat
−
28 yanvar 2023
12238Ijtimoiy tarmoqlarda maktab darsligida musiqa anjomlarining nomlari xato yozilgani aks etgan rasmlar e’tirozlarga sabab bo‘lmoqda. Holat yuzasidan Respublika ta’lim markazi rasmiy izoh berdi.
Qayd etilishicha, ushbu rasmga olib tarqatilgan darslik Respublika ta’lim markazi tomonidan 2022-2023- o‘quv yili uchun tayyorlangan va davlat tili ikkinchi til sifatida o‘qitiladigan sinflarga mo‘ljallangan 10-sinf O‘zbek tili darsligidir.
Darslikning 99-betidagi “O‘ylang va toping” degan topshiriq ostida keltirilgan 5-mashq shartiga ko‘ra, musiqa asboblarining nomlari atayin chalkashtirib berilgan. Mazkur mashq o‘quvchidan tasvirga qarab musiqiy asboblarning nomini to‘g‘ri topishni talab etadi.
Ya’ni mashq aralash berilgan nomlarni tasvir asosida to‘g‘ri nomlashni nazarda tutadi. Mashq haqida o‘qituvchilar uchun metodik qo‘llanmada ham alohida tushuntirish berilgan.
“Rasmda darslikning e’tirozga sabab bo‘lgan sahifasi va metodik qo‘llanmada mashq yuzasidan berilgan ko‘rsatma keltirilgan”, deya o‘qituvchi uchun qo‘llanma suratini ilova qilgan Respublika ta’lim markazi xabarida.
LiveBarchasi