Maktab bitiruvchilari qaysi fanlardan imtihon topshirishi aniq bo‘ldi

Jamiyat

image

Endilikda maktablarning 9 va 11-sinf bitiruvchilari uchun ayrim fanlar bo‘yicha attestatsiya o‘tkaziladi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligining 2022 yil 28 fevraldagi 70-sonli bo‘yrug‘ida belgilandi.

Unga asosan:

•    2021-2022 o‘quv yilida umumta’lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilari uchun: ona tili va adabiyot, o‘zbek tili/rus tili, matematika, tarix, jismoniy tarbiya va qo‘shimcha ravishda o‘quvchilarning tanlovi asosida belgilangan fan bo‘yicha;

•    11-sinf bitiruvchilari uchun: ona tili va adabiyot, matematika, chet tili, tarix va va qo‘shimcha ravishda o‘quvchilarning tanlovi asosida belgilangan fan bo‘yicha yakuniy davlat attestatsiyasi o‘tkazilishi belgilandi.

Umumta’lim maktablarida ta’lim beriladigan barcha tillarda yakuniy davlat attestatsiyalari o‘tkaziladigan fanlar bo‘yicha namunaviy nazorat materiallari Respublika ta’lim markazi tomonidan tayyorlanib, ta’lim markazining rasmiy saytida e’lon qilinadi.


Maqola muallifi

Teglar

maktab

Baholaganlar

557

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing