Makronning xotinini “erkak” deganlarga qarshi sud boshlandi

Olam

image

Fransiya Prezidenti Emmanuel Makronning rafiqasi Brijit Makronga qarshi internet orqali tuhmat va yolg‘on ma’lumot tarqatish ishi bo‘yicha sud jarayoni boshlandi. Bu haqda “France24” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 10 sudlanuvchi Brijit Makronga nisbatan “erkak” degan asossiz mish-mishlarni tarqatganlikda ayblanmoqda.

Ayblanuvchilar orasida 8 erkak va 2 ayol bor, ularning yoshi 41 dan 65 yoshgacha. Ular, shuningdek, Brijit Makron (72 yosh) bilan turmush o‘rtog‘i Emmanuyel Makron (47 yosh) o‘rtasidagi 24 yosh farq haqida haqoratli fikrlar bildirganlikda ham ayblanmoqda.

OAVning yozishicha, Brijit Makronning advokati sudda uning shaxsan ishtirok etmasligi va kelajakda ham qatnashishni rejalashtirmayotganini bildirgan. Dastlabki tinglovda u yo‘q edi, biroq uning qizi keyingi majlisda guvohlik berishi mumkin.

Sudlanuvchilar orasida lavozimdagi amaldor, galereya egasi, o‘qituvchi va blogerlar ham bor. 

Yana bir ayblanuvchi bu – Natasha Reydir. U o‘zini “mustaqil jurnalist” deb atagan. Natasha Brijit Makronga tuhmat qilgani uchun allaqachon sudlangan edi.

2021 yilda YouTube’da u Makronning ayolini ochiqdan ochiq “erkak” deb atagan. 

“Aslida Brijit Makron degan ayol yo‘q, u jinsini o‘zgartirgan”, degan edi o‘sha suhbatda jurnalist. 

Keyinchalik ular apellyatsiyada g‘alaba qozongan, biroq endi Brijit Makron va uning ukasi apellyatsiya qaroridan shikoyat qilib, ishni qayta ko‘rib chiqishni so‘ragan.

Brijit Makron haqida u “erkak” degan gap-so‘zlar 2017 yildan beri internetda tarqalib kelmoqda, ya’ni Makron Fransiya Prezidenti bo‘lganidan beri va bu Makronni ko‘rolmaydiganlar tomonidan uyushtirilgan xiyla ham bo‘lishi mumkin. 

Aniq asosga ega bo‘lmagan gaplar AQSHda ham ayrim doiralarda mashhur bo‘lgan, ularni asosan o‘ng qanot bloger Kendis Ouens tarqatgan.

O‘tgan yozda Makronlar juftligi Kendis Ouensga qarshi da’vo arizasi topshirgan, chunki u haqiqatni isbotlovchi dalillarga qaramay, bu yolg‘onlarni tarqatishda davom etgani aytilgan.

Emmanuel Makronning so‘zlariga ko‘ra, u da’vo arizasi berib, o‘z sha’nini himoya qilgan, Ouens esa “o‘z g‘oyalari va o‘ng radikal doiralar bilan aloqalari uchun ataylab yolg‘onlarni tarqatgan”, bu orqali unga shaxsiy zarar yetkazishga uringan.

Ma’lumot uchun, Brijit Makron o‘zining eri Emmanuelni u hali maktab o‘quvchisi bo‘lgan paytda, o‘sha maktabda o‘qituvchi sifatida ishlayotganda tanigan. Ular 2007 yilda turmush qurgan – o‘shanda Emmanuel Makron 29 yoshda, Brijit esa 54 yoshda edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Fransiya Prezidenti oilasi AQSH sudida brinchi xonim Brijit Makronning ayol ekanini isbotlovchi “foto va ilmiy dalillar” taqdim etmoqchi ekani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Brijit Makron Natasha Rey Emmanuel' Makron

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing