Makron kelinoyidan nega shapaloq yegani ma’lum bo‘ldi

Olam

image

Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron eronlik aktrisa bilan yozishmalari tufayli rafiqasi Brijit Makrondan shapaloq yegan. Bu haqda fransuz jurnalisti Florian Tardif o‘zining “Deyarli ideal juftlik” nomli kitobida yozgan.

“Voqea shundaki, u [Brijit Makron] taniqli shaxsdan kelgan xabarni ko‘rib qolgan. Bu eronlik aktrisa edi”, deydi Tardif.

Kitob muallifining bildirishicha, Makron mashhur yulduz bilan “bir necha oy davomida” “platonik” (pok) munosabatda bo‘lgan, biroq keyinchalik unga “ancha chegaradan chiqqan xabarlar” yozgan. Jumladan, jurnalistning so‘zlariga ko‘ra, Fransiya Prezidenti aktrisaga uni juda go‘zal deb hisoblashini yozgan.

Tardifning aytishicha, unga bu voqea haqida Makronga yaqin bo‘lgan shaxslar so‘zlab bergan.

Biroq Brijit Makronning vakillari bugun, 13 may kuni “Le Parisien” nashriga bergan intervyusida jurnalistning so‘zlarini rad etgan va Birinchi xonim hech qachon erining telefonini tekshirmasligini bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, 2025 yil may oyida Makron Janubi-Sharqiy Osiyo bo‘ylab bir haftalik turne boshlanishidan oldin rafiqasi Brijitdan shapaloq yegan edi. Vetnamning Xanoy aeroportida olingan kadrlarda Prezident samolyoti eshigi ochilgani va ichkarida Emmanuel Makron turgani ko‘rinadi. Shu payt uning xotinining qo‘li paydo bo‘ladi (xonimning o‘zi to‘liq ko‘rinmaydi) va unga yengil zarba beradi. Ushbu kadrlar tarmoqlarda katta shov-shuvga sabab bo‘lgan, videoning haqiqiyligini Yelisey saroyi ham tasdiqlagan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Emmanuel' Makron Brijit Makron Florian Tardif shapaloq

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing