Makron sudga xotinining erkak emasligini isbotlovchi “ilmiy dalillar” taqdim etmoqchi

Olam

image

Fransiya Prezidenti oilasi AQSH sudida brinchi xonim Brijit Makronning ayol ekanini isbotlovchi “foto va ilmiy dalillar” taqdim etadi. Bu haqda Makronlarning advokati Tom Klerga tayanib, BBC xabar berdi

Dalillar Makronlar tomonidan Brijit Makron erkak bo‘lib tug‘ilganini da’vo qilgan amerikalik inflyuenser Kendis Ouensga qarshi ochilgan tuhmat bo‘yicha sud jarayonida taqdim etiladi.

“Ilmiy xarakterga ega ekspert guvohligi bo‘ladi”, dedi Tom Kler. 

Huquqshunosning so‘zlariga ko‘ra, uning mijozlari Ouensning ayblovlari yolg‘on ekanini “umumiy va aniq ma’noda” isbotlash niyatida.

“Fransiyaning birinchi xonimi va uning turmush o‘rtog‘i ayblovlar va ularning shaxsiy hayotiga tajovuz qilishdan qattiq ta’sirlangan. Shunga qaramay, (Brijit Makron) vaziyatga uzil-kesil oydinlik kiritishga 100 foiz tayyor”, deydi Kler. 

Advokat, shuningdek, Brijit Makron homiladorlik va emizish paytida olingan fotosuratlarni taqdim etishga tayyormi, degan savolga ijobiy javob bergan.

Brijit Makronning erkak jinsida tug‘ilgani haqidagi iddaolar bir necha yillardan beri tarqalib kelmoqda. 2021 yilda bunday gaplar fransuz blogerlari Amandin Roy i Natasha Rey tomonidan faol ravishda tarqatildi. Makronlar ularga qarshi tuhmat bo‘yicha ishda g‘alaba qozondi. Biroq o‘tgan yili qaror bloggerlarning da’volari to‘g‘ri ekani sababli emas, balki so‘z erkinligi huquqi tufayli bekor qilindi. Ushbu da’volarni takrorlagan Ouensga qarshi AQSHda da’vo joriy yil iyul oyida qo‘zg‘atilgan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Frantsiya Brijit Makron Kendis Ouens

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing