Makron To‘qayevga sim qoqdi

Olam

image

Bugun, 23 avgust kuni Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron bilan telefon orqali suhbatlashdi. Bu haqda Qozog‘iston Prezidentining matbuot xizmati xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, suhbat Fransiya tomonining tashabbusi bilan bo‘lib o‘tgan. Tomonlar ikki tomonlama munosabatlarning ijobiy dinamikasini qayd etib, savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish ustida ishlashga kelishib olgan. Shuningdek, ular BMTning 80 yilligi arafasida xalqaro kun tartibidagi masalalar yuzasidan fikr almashgan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an va Fransiya rahbari Emmanuel Makron telefon orqali muloqoqt qilgandi. Suhbat Fransiya tashabbusi bilan bo‘lib o‘tgan. Unda mintaqaviy va xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalar keng muhokama qilingan. Jumladan, Turkiya va Fransiya o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar, Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi mojaroni tinch yo‘l bilan hal qilish jarayoni hamda G‘azo sektoridagi vaziyat ko‘rib chiqilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston Frantsiya Emmanuel' Makron Qosim-Jomart To'qaev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing