Makron Putin va Tramp bilan maslahatlashmoqchi. U Turkiyaning bayonotlarini xavfli dedi
Olam
−
30 Sentabr 2020
10796Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin va AQSH Prezidenti Donald Tramp bilan Tog‘li Qorabog‘dagi vaziyatni hal qilish yo‘llarini muhokama qilish uchun telefon orqali muzokara o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Bu haqda u bugun, 30 sentyabr kuni Latviyaga tashrifi chog‘idagi matbuot anjumanida aytib o‘tdi.
"Ushbu mavzu bilan xalqaro vakolatli vositachilar guruhi – Fransiya, Rossiya va Qo‘shma Shtatlarni o‘z ichiga olgan Minsk guruhi shug‘ullanmoqda. Biz sheriklarimiz bilan tashqi ishlar vazirlari va Prezidentlar darajasida keskin vaziyatning birinchi soatlaridanoq aloqada bo‘lib turibmiz. Men bugun kechqurun Prezident Putin bilan muloqot qilishni rejalashtiryapman. Ertaga esa bu mavzuda fikr almashish va vaziyatdan chiqish yo‘llarini taklif qilish uchun Prezident Tramp bilan muloqot qilaman”, deydi Makron.
Makron, ayniqsa, mintaqaviy inqirozlar, jumladan, Tog‘li Qorabog‘dagi mojaroni "Rossiyasiz hal qilib bo‘lmaydi", deb ta’kidladi.
Fransiya prezidenti, shuningdek, Minsk guruhi vazirlari 30 sentyabr kuni kechqurun Tog‘li Qorabog‘ masalasida ham gaplashishini aytdi.
“Va payshanba kuni men ushbu demarshlar to‘g‘risida Yevropa Ittifoqi sammitida xabar beraman va biz u yerda ma’lumot almashamiz”, deydi Prezident.
Uning ta’kidlashicha, “u vaziyatni baholashga ehtiyotkorlik bilan yondashadi, ammo bu keskin ziddiyat ekanligi aniq”.
“Men so‘nggi kunlarda ushbu mojaro bilan bog‘liq holda yuzaga kelgan munosabat va ma’lumotlardan juda ehtiyotkorlik bilan foydalanmoqdaman. Hozirgi bosqichda bizda mojaroning mintaqalashtirilishini va qaysi tomon asosiy harakatni amalga oshirganligini ko‘rsatadigan aniq elementlar mavjud emas”, deya ta’kidlaydi Fransiya Prezidenti.
Makronning aytishicha, Fransiya Turkiyadan kelib chiqadigan "jiddiy bayonotlarni" qabul qilinmaydigan va xavfli deb hisoblaydi. Bu Ozarbayjonni Tog‘li Qorabog‘da harbiy operatsiyani rivojlantirishga undash.
“Men Turkiyaning o‘ylanmay aytilgan xavfli bayonotlarini nazarda tutdim”, deydi Makron.
Prezident so‘zi davomida Fransiya Turkiyaning Ozarbayjon Tog‘li Qorabog‘ni qaytarib olish haqidagi bayonotidan xavotirda va buni qabul qilmaydi.
Shuni alohida qayd etish o‘rinliki, Tog‘li Qarobog‘ mojarosida Turkiya Ozarbayjonni alohida qo‘llab-quvvatlamoqda. Prezident Rajab Toyib Erdo‘g‘an bir necha bor Turkiya xalqi va davlati barcha imkoniyatlari bilan Ozarbayjon tarafida ekani va Armaniston bosib olingan yerlarni qaytarishi kerakligini aytib chiqdi. Bu haqida so‘z ocharkan, Erdo‘g‘an, bugun Ozarbayjon va Armanistonni muzokaralarga chaqirayotganlar 30 yil davomida Tog‘li Qorabog‘ mojarosini hal etmadilar, hal etishni istamadilar.
Rasmiy Bakuga ko‘ra, Armaniston Qurolli Kuchlari kecha, 27 sentyabr kuni soat 06:00 dan boshlab Ozarbayjonga qarshi keng ko‘lamli provokatsiyalarni amalga oshirdi, butun front bo‘ylab Ozarbayjon armiyasining pozitsiyalarini, shuningdek, oldingi chiziq zonasida joylashgan aholi punktlarini o‘qqa tutdi. Unda mingga yaqin harbiylar va tinch aholi vakillari halok bo‘lgan.
Armaniston hujum Ozarbayjon qurolli kuchlari tomonidan boshlanganini aytmoqda. Ozarbayjon esa qurolli to‘qnashuvga nisbatan javob hujumlari boshlaganini rasman e’lon qilib, Armaniston chegarasidagi tinch aholi vakillarini chegara hududlaridan chetga chiqishlarini so‘radi.
Holat bo‘yicha Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev xalqqa murojaat bilan chiqib, to‘qnashuv Ozarbayjonning provokatsiyasi emasligini aytdi.
Nikol Pashinyan esa mamlakatda harbiy holat va umumiy safarbarlik e’lon qildi. Buning ortidan Ilhom Aliyev mamlakatda harbiy holat va komendantlik soati e’lon qilish haqidagi farmonga imzo chekdi. Shuningdek, Aliyev 28 sentyabr kuni qisman safarbarlik e’lon qilish haqidagi hujjatni imzoladi.
Ayni vaqtda aksariyat mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar ikki tarafdan o‘t ochishni zudlik bilan to‘xtatib, muzokaralar stoliga qaytishni so‘ramoqda.
LiveBarchasi