Makron Xitoyga bordi (video)
Olam
−
03 dekabr 3828 1 daqiqa
Bugun, 3 dekabr kuni Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron to‘rtinchi marta davlat tashrifi bilan Xitoyga bordi. Bu haqda “France 24” xabar berdi.
Ertaga, 4 dekabr kuni Emmanuel Makron va Xitoy Raisi Si Szinpin o‘rtasida muzokaralar belgilangan bo‘lib, Makron Ukraina urushi va Fransiya bilan Xitoy o‘rtasidagi davom etayotgan savdo nizosini muhokama qilishni rejalashtirmoqda.
Yelisey saroyi xabariga ko‘ra, Fransiya Prezidenti yana bir bor Pekinni Ukraina urushini to‘xtatish bo‘yicha olib borilayotgan muzokaralar fonida Rossiyaga bosim o‘tkazishga ko‘ndirishga urinadi. Shuningdek, u Si Szinpinni “makroiqtisodiy nomutanosibliklarni kamaytirish” ustida ishlashga chaqirmoqchi.
Emmanuel Makronga biznes vakillaridan iborat delegatsiya hamrohlik qilmoqda. Ular orasida Airbus, EDF va Danone konsernlari rahbarlari ham bor. 4 dekabr kuni transport va energetika sohalarida bir qator iqtisodiy kelishuvlarni imzolash rejalashtirilgan.
Yelisey saroyiga ko‘ra, konyak bo‘yicha bojlar oshirilishi ustidagi bahs katta darajada hal qilingan, biroq ikki mamlakat o‘rtasida cho‘chqa go‘shti va sut mahsulotlari yetkazib berish bo‘yicha hali ham kelishmovchiliklar mavjud.
Live
Barchasi