Makron giyohvand modda qabul qildimi? (video)

Olam

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron Ukrainaga ketayotgan poyezdda qandaydir o‘ramni yashirgani va bu giyohvand modda bo‘lishi mumkinligi haqida gap-so‘zlar urchidi. Mazkur holat yuzasidan Yelisey saroyi munosabat bildirdi.

Rasmiy munosabatga ko‘ra, Fransiya yetakchisi olib tashlagan bu o‘ram hech qanday giyohvand modda emas, shunchaki salfetka.

“Videoda yashirgan salfetka – bu shunchaki salfetka, u yerda giyohvand moddalar yo‘q edi”, deyiladi rasmiy munosabatda.

Joriy yilning 10 may kuni Makron, Germaniya kansleri Fridrix Mers va Britaniya hukumati rahbari Kir Starmer Kiyevga ketayotgan vagondan olingan videoni e’lon qilgan. Ular jurnalistlar siyosatchilarni suratga olishni boshlaganida, Makron stoldan g‘ijimlangan salfetkani, Mers esa kichik oshxona anjomini (kadrlarda qoshiq yoki sanchqi ekanligi yaxshi ko‘rinmaydi) olib tashlagan. Ularning oldida suvli stakanlar va hujjatlar solingan papkalar ham bo‘lgan.

Kadrlar e’lon qilinganidan so‘ng, ijtimoiy tarmoqlarda Makron kokainni yashirishi mumkinligi haqida izohlar paydo bo‘lgan.

“Yevropa birligi noqulay bo‘lib qolganda, dezinformatsiya shu qadar chuqurlashib ketadiki, oddiy salfetkani giyohvand moddaga o‘xshatib qo‘yadi. Bu soxta xabarlarni Fransiyaning dushmanlari xorijda ham, mamlakat ichida ham tarqatmoqda. Manipulyatsiyalarga nisbatan hushyorlikni saqlab qolishimiz kerak”, degan Yelisey saroyi.

Saroyning qo‘shimcha qilishicha, salfatke burun qoqish uchun ishlatilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina poytaxti Kiyevda siyosatchilar Polsha Bosh vaziri Donald Tusk bilan birgalikda Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashuv o‘tkazdi. Unda yetakchilar AQSH Prezidenti Donald Tramp bilan qo‘ng‘iroqlashdi. 15 daqiqalik suhbat chog‘ida AQSH yetakchisi “Ukraina yarashuvni qabul qilgani va Rossiya bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarga rozi bo‘lgani”ni aytdi. Yevropalik siyosatchilar esa agar Moskva yarashuvga qadam tashlamasa, unga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish bilan tahdid qilgan.

Makron Kiyevdagi uchrashuvdan so‘ng Ukraina va Yevropa davlatlari uchun yangi davr boshlanayotgani va Yevropa o‘zini davlat sifatida ko‘rayotganini aytdi.


Maqola muallifi

Teglar

Emmanuel' Makron giyohvand modda Elisey Fridrix Merts

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing