Makron: “Fransiya Hukumatining Muhammad payg‘ambar karikaturasiga aloqasi yo‘q”
Olam
−
31 Oktabr 2020
52737Fransiya Hukumati 2015 yilda haftalik “Charlie Hebdo” hajviy jurnalida payg‘ambar Muhammad (s.a.v.)ning karikaturasi e’lon qilinishiga aloqador emas. Bu haqda mamlakat Prezidenti Emmanuel Makron “Al Jazeera” telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
“Bu rasmlar nashr tomonidan mustaqil e’lon qilingan, Fransiya Hukumatining bunga aloqasi yo‘q. Fransuz hukmron doiralari bu bilan hech qanaqasiga aloqador emas, bu Hukumat loyihasi emas”, deya Makronning so‘zlarini keltirgan telekanal.
Fransiya prezidenti payg‘ambar Muhammad (s.a.v.)ning karikaturasi bo‘yicha musulmonlar jamiyatining g‘azabini tushunishini va bunday haqoratga qarshi ekanini ta’kidlagan. Shu bilan birga, Makron islom olamidagi antifransuz namoyishlari uning ikki hafta oldin Konflan-Sent-Onorin kommunasidagi teraktdan keyin bergan bayonoti noto‘g‘ri talqin qilinishi bilan bog‘liq deb hisoblayapti.
“Odamlar meni bu rasmlarni qo‘llab-quvvatlayapti deb tushundi, ammo bunday emas”, degan Makron.
Bildirilishicha, Konflan-Sent-Onorin kommunasidagi mudhish qotillikdan keyin Makron fransuz Hukumati radikal g‘oyalar va ular tomonidan tuzilgan assotsiatsiyaga qarshi kurash boshlashini bildirgan. Fransiya yetakchisi intervyusida ekstremistik kuchlar Islomni noto‘g‘ri talqin qiladi va bundan eng avval musulmonlarning o‘zi zarar ko‘radi.
Ta’kidlash joizki, kecha, 30 oktyabr kuni Osiyo, Afrika va Yaqin Sharqdagi qator davlatlarda ommaviy namoyishlar o‘tkazildi. Ular Fransiyada payg‘ambar Muhammad (s.a.v.)ning karikaturasi e’lon qilinishini qoraladi. Ular Islomni himoyalovchi shoirlar bilan norozilik bildirib, Fransiya Prezidenti Emmanuel Makronni “Allohning dushmani” deb atashdi. Qator joylarda Fransiya bayrog‘ini yoqib, Makroning suratini yirtib, oyoqosti qilishgan.
Ma’lumot uchun, 29 oktyabr kuni Nitssa shahridagi Notr-Dam nomli mahalliy cherkov yonida pichoq bilan qurollangan kishi odamlarga hujum qildi. Oqibatda uch kishi qurbon bo‘ldi. Ular orasida cherkov ruhoniysi ham bor. Qurol bilan tajovuz qilgan shaxs qo‘lga olingan.
Bundan tashqari, bugun Saudiya Arabistonining Jidda shahrida mahalliy aholi Fransiya konsulligi qo‘riqchisiga pichoq bilan hujum qilgan. Politsiya hujum qilgan shaxsni jinoyat joyida hibsga olgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 16 oktyabr kuni Parij yaqinidagi Konflan-Sent-Onorin komunnasida tarix fani o‘qituvchining o‘ldirilishi ortidan yanada sovuqlashdi. O‘qituvchi darsda o‘quvchilarga buyuk payg‘ambar Muhammad (s.a.v.)ning "Charlie Hebdo" jurnalida chop etilgan karikaturasini ko‘rsatadi. Chechenistonda tug‘ilgan 18 yoshli Abdulak Anzorov o‘qituvchi Samyuel Patiga pichoq bilan hujum qilib, uni o‘ldiradi. Oradan ko‘p o‘tmay, politsiya qotilni otib tashlaydi. Ushbu voqea Makronning Islom olamiga qarshi bayonotlar bilan chiqishi va mamlakatda so‘z erkinligini qo‘llab-quvvatlashiga sabab bo‘ldi.
LiveBarchasi