Makron 48 soat ichida yangi bosh vazirni tayinlashi mumkin – OAV

Olam

image

Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron yangi bosh vazirni tayinlashni yaqin 48 soat ichida amalga oshirmoqchi. Bu haqda davlat rahbari va siyosiy partiyalar vakillari o‘rtasidagi uchrashuv ishtirokchilariga tayanib, “Le Parisien” xabar berdi.

Nashrga ko‘ra, uchrashuvda Fransiya Milliy assambleyasidagi barcha asosiy partiyalar vakillari qatnashgan, ammo “Milliy birlashma” (o‘nglar) va “Bo‘ysunmas Fransiya” (so‘llar) partiyalari vakillari ishtirok etmagan. Prezident uchrashuvdan oldin har bir partiya vakillari bilan alohida muzokaralar o‘tkazgan.

Qayd etilishicha, “O‘ng respublikachilar” fraksiyasi rahbari Loran Voke yangi hukumatning uch oy ichida qulamasligi muhim ekanini ta’kidlagan.

Eslatib o‘tamiz, Fransiya parlamenti 4 dekabr kuni amaldagi hukumatga ishonchsizlik votumi e’lon qilgandi. Shundan so‘ng Makron ham ishonchsizlik votumi ortidan Mishel Barne hukumatining iste’fosini qabul qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Emmanuel' Makron bosh vazir

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing