Umra ziyoratchilarini Makkaga olib ketayotgan avtobus butunlay yonib ketdi. 20 kishi o‘ldi (video)

Olam

image

Saudiya Arabistonida Umra ziyoratchilari ketayotgan avtobus halokatga uchradi va yonib ketdi. Qisqa vaqt ichida avtobus olovli sharga aylangan. Bu haqda “Central Asia” mahalliy OAVga tayanib, xabar berdi.

Makkaga yo‘l olgan avtobus Asir shahridagi ko‘prikdan o‘tayotgan vaqtda yonib ketgan. Hodisa oqibatida 20 kishi halok bo‘lgan, 29 kishi tan jarohati olgan.

Voqea joyiga ko‘plab tez yordam va o‘t o‘chiruvchilar jo‘natilgan, jarohatlanganlar yaqin atrofdagi shifoxonalarga yetkazilgan.

Ayrim OAV manbalarga ko‘ra, halokatga uchragan avtobusda yamanlik ziyoratchilar bo‘lgan.

Tegishli rasmiy organlar hali bayonot bermadi.


Maqola muallifi

Teglar

Saudiya Arabistoni avtobus

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing