Makkada Milliy gvardiya xodimi maoshi oshishini so‘rab duo qilgani uchun ishdan ketgani aytildi
3-sahifa
−
18 noyabr 2023
26714Ijtimoiy tarmoqlarda o‘zbekistonlik fuqaro Makkada Milliy gvardiya xodimlarining maoshi ko‘tarilishini duo qilib so‘ragani va u keyinchalik ishdan bo‘shatilgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Milliy gvardiya axborot xizmati munosabat bildirdi.
“Ayrim ijtimoiy tarmoqlarda, harbiy xizmat tushunchasidan yiroq bo‘lgan kimsalar tomonidan "Oyligini ko‘tarilishini Makkaga borib so‘ragan, Milliy gvardiya xodimi ishdan bo‘shatildi" mavzusidagi xabar tarqatilmoqda. Bu xabar umuman haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini va ushbu fuqaro Milliy gvardiya xodimi emasligini ma’lum qilamiz”, deyiladi munosabatda.
Shuningdek, Milliy gvardiya axborot xizmati o‘zbekistonliklardan bu kabi yolg‘on xabarlarga ishonib qolmaslikni so‘ragan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Toshkent shahar, Sergeli tumanida Milliy gvardiya xodimi chiqindini belgilanmagan joyga tashlagan fuqaro bilan janjallashgani haqida xabar berilgandi.
LiveBarchasi