Makkada teraktga urinish bo‘ldimi?

Olam

−

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Makkadagi Masjidul Haramda noma’lum shaxs portlovchi kamar taqib, Ka’baga yaqinlashgani va xavfsizlik xodimlari tomonidan qo‘lga olingani haqida xabarlar tarqaldi. Biroq Saudiya Arabistoni mazkur ma’lumotlarni rad etdi. Bu haqda “Anadolu” xabar berdi.

Qayd etilishicha, ijtimoiy tarmoqlarda xavfsizlik xodimlari bir kishini qo‘lga olayotgani aks etgan videolar tarqalgan. Shundan so‘ng, u xudkush terrorchi bo‘lgani va Masjidul Haramga hujum uyushtirishga uringani haqida xabarlar paydo bo‘lgan. Saudiya xavfsizlik idoralari esa hodisaga boshqacha izoh bergan.

“Muqaddas poytaxtdagi xavfsizlik idoralari yo‘lovchilarni bezovta qilgan va ular orasida qo‘rquv hamda vahima uyg‘otgan shaxsni qo‘lga oldi. Unga nisbatan zudlik bilan chora ko‘rildi”, deyiladi idora bayonotida.

Shuningdek, xavfsizlik idoralari hodisa yuzasidan tarqalayotgan xabarlarda hech qanday haqiqat yo‘qligini bildirgan.

“Xavfsizlik idoralari hodisa yuzasidan tarqatilayotgan da’volarda haqiqat yo‘qligini tasdiqlaydi”, deyiladi bayonotda.

Hodisa bo‘yicha qo‘lga olingan shaxs haqida qo‘shimcha ma’lumot berilmagan

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Saudiya Arabistoni havo mudofaasi Makka shahriga yaqin hududda husiylarga tegishli dronni shahar ustidan parvoz qilish taqiqlangan hududga kirishidan oldin urib tushirgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing