Maxachev va Pore jangining taxminiy sanasi ma’lum bo‘ldi

Sport

image

Rossiyalik yengil vaznda UFC chempioni Islom Maxachev va amerikalik taniqli jangchi Dastin Pore 2024 yilning iyun oyida chempionlik jangini o‘tkazish bo‘yicha kelishib oldi.

Porening ijtimoiy tarmoqda, “Islom iyun oyida”, degan gapiga Maxachev rozilik belgisini qoldirdi.

Ma’lumot uchun, 32 yoshli Islom Maxachev MMA'da umumiy 26 ta jang o‘tkazib, 25 tasida g‘alaba qozongan. 35 yoshli Dastin Pore esa 38 ta jangning 30 tasida g‘alabaga erishgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq o‘zbekistonlik UFC jangchisi Mahmud Murodovning bo‘lajak jangi sanasi ma’lum bo‘lgandi.

Murodov Braziliyada o‘tkaziladigan UFC 301 turniri doirasida oktagonga ko‘tariladi.


Maqola muallifi

Teglar

Dastin Por'e Islom Maxachev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing