Maxachev va Pore tarozi marosimida qatnashdi (video)

Sport

image

UFC 302 turniri ertaga, 2 iyun kuni AQSHning Nyuark shahrida bo‘lib o‘tadi, markaziy jang rossiyalik Islom Maxachev va amerikalik Dastin Pore o‘rtasida yengil vazn toifasida chempionlik kamari uchun o‘tkaziladi. 

Rasmiy vazn o‘lchash marosimi kecha, 31 may kuni bo‘lib o‘tdi. Maxachev va Pore tarozida bir xil vazn ko‘rsatdi – 70,3 kg. Tomonlar o‘rtasidagi ikkinchi sterdaun nisbatan vazmin ruhda kechdi. 

32 yoshli Maxachev so‘nggi bor 2023 yil oktyabr oyida UFC 294 turnirida jang o‘tkazib, revansh jangida Aleksandr Volkanovskini birinchi raundda mag‘lub etgandi. Uning hisobida 25 g‘alaba va 1 ta mag‘lubiyat bor.

35 yoshli Pore oxirgi marta 2024 yilning mart oyida UFC 299 musobaqasida fransiyalik Sent-Denini ikkinchi raundda nokautga uchratib, zafar quchgandi. Uning hisobida 30 ta g‘alaba va 8 ta mag‘lubiyat bor.


Maqola muallifi

Teglar

Dastin Por'e Islom Maxachev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing