Maxachev va Edvards o‘rtasidagi jangning taxminiy sanasi ma’lum bo‘ldi

Sport

image

Yengil vaznda rossiyalik UFC chempioni Islom Maxachev va yarim o‘rta vazn toifasi chempioni Leon Edvards o‘rtasidagi jang BAAda o‘tkazilishi mumkin. Bu haqda taniqli menejer Rizvan Magomedov o‘z sahifasida ma’lum qildi.

“Agar bu jang bahorda o‘tkazilmasa, kuzda Abu-Dabidagi janglar haftaligida bo‘lib o‘tadi”, deydi Magomedov.

Edvards  oxirgi marta  2023 yil dekabrida UFC 296 musobaqasida Kolbi Kovingtonga qarshi jang qilgan. Ushbu bahsda Leon hakamlarning bir ovozdan chiqargan qarori bilan g‘alaba qozongandi. Uning hisobida 22 g‘alaba va 3 ta mag‘lubiyat bor.

Maxachev so‘nggi bor 2023 yil oktyabr oyida UFC 294 musobaqasida Aleksandr Volkanovskiyga qarshi oktagonga chiqib, birinchi raunddayoq raqibini nokautga uchratgandi. Uning hisobida 24 ta g‘alaba va 1 ta mag‘lubiyat bor.


Maqola muallifi

Teglar

Islom Maxachev Leon Edvards

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing