Maxachev UFC 311 turniriga kiyib kelgan kiyimlarining umumiy qiymati ma’lum bo‘ldi

Sport

image

Rossiyalik UFC chempioni Islom Maxachevning UFC 311 turniriga jami 10 ming dollarlik ust-boshda kelgan. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari jangchining barcha kiyimlari va aksessuarlari narxlarini hisoblab chiqdi.

Rossiyalik muxlislardan birining so‘zlariga ko‘ra, Maxachev UFC 311 turniriga 850 dollarlik Louis Vuitton ko‘zoynagi va Loro Piano‘ning The Gift Of Kings to‘plamidagi kiyimlarda kelgan. Uning jemperi 2 ming 800 dollarga, futbolkasi 2 ming dollarga, shimi 3 ming 350 dollarga baholangan.

Sharhlarda, shuningdek, Maxachev ikkilamchi bozorda narxu 15-17 ming dollarga sotib olinishi mumkin bo‘lgan RRolex GMT-Master II soatini taqib yurgani ko‘rsatilgan.

Shunday qilib, Maxachevning kiyimlari 9 ming 350 dollarga baholangan va soat bilan qo‘shib hisoblaganda jangchining to‘liq imiji narxi 26 ming dollardan oshadi.


Maqola muallifi

Teglar

Islom Maxachev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing