Maxachev Topuriyaning chaqiruviga javob qildi
Sport
−
20 yanvar
8631Yengil vazn toifasida amaldagi UFC chempioni (70 kg gacha) rossiyalik Islom Maxachev ispaniyalik jangchi Iliya Topuriyaning chaqiruviga javob qaytardi.
“Topuriya meni mag‘lub etadimi? Raqiblar juda ko‘p va hamma meni birinchi yoki ikkinchi raundda nokaut qilishni xohlaydi. Men aytardimki, vaznni 70 kg qilib qo‘ying, oktagonga chiqing va ko‘ramiz, kim kimni mag‘lub etadi”, deydi Maxachev.
Maxachevning javobidan oldin Topuriya Maxachevni mag‘lub eta olishini aytgandi.
Qayd etish joiz, Los-Anjelesda bo‘lib o‘tgan UFC 311 turnirining asosiy bahsida Maxachev o‘z vaznida 10-o‘rindagi braziliyalik Renato Moykano bilan to‘qnash keldi. Dastlab, jang stoykada davom etdi, lekin birinchi raundning ikkinchi yarmida Maxachev Moykanoni bo‘g‘ish uslubi bilan mag‘lub etib, 4-marta o‘z kamarini muvaffaqiyatli himoya qildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq UFC 311 ishtirokchilari turnirdan qancha gonorar ishlab olgani xabar qilingandi.