Maxachev orzusidagi jang kimga qarshi ekanligini ma’lum qildi
Sport
−
24 aprel
8611Aralash yakkakurash (MMA) bo‘yicha mashhur rossiyalik jangchi, yengil vazn toifasida UFC chempioni Islom Maxachev promoushenda liga chempioni britaniyalik Leon Edvards bilan jang qilishni orzu qilishini aytdi.
“Orzumdagi jang Leon Edvards bilan kamar uchun jang qilish. Yengil vazn toifasidagi jangchilarga men bilan jang qilishlari uchun yetarlicha imkoniyat berganman, endi men o‘z imkoniyatimdan foydalanishim kerak”, deydi Maxachev.
Hozirda Maxachev 32 yoshda. Jangchi 2022 yil oktyabr oyida braziliyalik Charlz Oliveyrani ikkinchi raundning boshidayoq to‘xtatib, UFC chempioni bo‘lgan. Islom MMA'da jami 26 ta jang o‘tkazgan bo‘lib, janglardan 25 tasida g‘alaba qozongan va bitta mag‘lubiyat alamini totib ko‘rgan. 32 yoshli Edvards esa 25 ta jang o‘tkazib, 22 tasida g‘alaba qozongan, 3 ta bahsda esa imkoniyatni boy bergan.