Maxachev ikkita jangini boshqa vaznda o‘tkazmoqchi

Sport

image

Yengil vaznda Ultimate Fighting Championship (UFC) chempioni, rossiyalik Islom Maxachev ikki jangda yarim o‘rta vazn toifasiga chiqishni rejalashtirmoqda. Bu haqda TASS xabar berdi.

Maxachevning navbatdagi jangi UFC 302 doirasida 1 iyun kuni amerikalik Dastin Porega qarshi bo‘lib o‘tadi.

Maxachev 32 yoshda, u MMA'da 25 g‘alaba va 1 mag‘lubiyat qayd etgan. Rossiyalik jangchi yengil vaznda UFC chempionlik kamariga 2022 yilning oktyabr oyidan beri egalik qilib keladi. 

2023 yil fevral oyida Maxachev avstraliyalik Aleksandr Volkanovskini hakamlarning bir ovozdan qarori bilan mag‘lub etib, chempionlik unvonini himoya qildi. O‘sha yilning 21 oktyabrida u ikkinchi marta Abu-Dabidagi UFC 294 musobaqasida Volkanovskini nokautga uchratdi.


Maqola muallifi

Teglar

Dastin Por'e Islom Maxachev Aleksandr Volkanovski

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing