Maxachev bilan jangda Volkanovskining ham imkoniyatlari yuqori – Arishev

Sport

image

“Hardcore FC” Gran-prisi g‘olibi Dmitriy Arishev Islom Maxachev va Aleksandr Volkanovski o‘rtasidagi bo‘lajak jang haqida fikr bildirdi. Bu haqda “championat.com” sayti xabar berdi.

“Volkanovski va Maxachev juda kuchli jangchi. Bu to‘qnashuv katta intrigaga ega. Men keskin va raqobatbardosh jang bo‘lishini taxmin qilyapman. Ko‘pchilik Maxachevni favorit deb biladi, lekin mening fikrim boshqacha. Volkanovski o‘z karerasini 93 kg vaznda boshlagan, u kichik jussali, lekin kuchli jangchi. MMA'dagi faoliyatidan oldin u regbi bilan shug‘ullangan. Maxachev bilan jangda Volkanovskining ham imkoniyatlari yuqori”, deydi Arishev.

Ayni damda Maxachev avstraliyalik Aleksandr Volkanovski bilan jangga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Jang 2023 yilning 12 fevraliga o‘tar kechasi Avstraliyaning Pert shahrida UFC 284 turniri doirasida bo‘lib o‘tadi. Islom professional faoliyatida 24 ta jang o‘tkazgan bo‘lib, bahslarning 23 tasida g‘alaba qozongan va faqat bir marta mag‘lubiyatga uchragan.


Maqola muallifi

Teglar

Maxachev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing