“Makedoniya Respublikasi” – endi yo‘q
Olam
−
13 fevral 2019 15199 1 daqiqa
Makedoniya Respublikasi nomini rasman Shimoliy Makedoniya Respublikasiga o‘zgartirdi. Bu haqda tashqi ishlar vaziri Nikola Dimitrov ma’lum qildi.
Qayd etish kerakki, Gretsiya viloyatlaridan biri Makedoniya deb nomlanishi sabab greklar sobiq Yugoslaviya mamlakati nomini o‘zgartirishni talab qilib kelgan. Rasmiy Afina Makedoniya Respublikasi shu nom ostidagi Gretsiya viloyatiga da’vo qilishidan xavfsiramoqda edi.
Gretsiyaning qarshiligi oqibatida Makedoniyaning NATOga qo‘shilishi 18 yilga cho‘zilib ketdi.
12 fevral kuni imzolangan kelishuv bilan Makedoniya 1991 yilda Yugoslaviyadan mustaqil bo‘lgandan keyin boshlangan ko‘p yillik bahsga chek qo‘yildi.
Avvalroq, Makedoniyada davlat binolaridan mamlakatning avvalgi nomi yozilgan tablichkalar yechib olingan, hukumatning rasmiy sayti qayta nomlangandi. Shuningdek, Makedoniyaning NATOga kirishi ramzi sifatida mamlakat parlamentiga kirishda alyansning bayrog‘i o‘rnatilgan.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025