Maqsad abituriyentlarni yiqitishmi?

Jamiyat

Ijtimoiy tarmoqlarda so‘nggi vaqtlarda test sinovlarida qatnashgan abituriyentlar huquq fanidan testda darsliklarda mavjud bo‘lmagan ma’lumotlardan, xususan, kodeks va qonunlardan tuzilgan savollar tushganligi to‘g‘risida shikoyat qilishmoqda. QALAMPIR.UZ shu vaziyat yuzasidan vujudga kelgan savollar bilan Bilimni baholash agentligi direktori maslahatchisi Zohid Shakarovga yuzlandi. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, u test topshiriqlari bilan hali tanishib ulgurmagan, savollariga mas’ul bo‘lgan ekspertlar esa hozirgi kunda yopiq rejimda ishlayapti. Biroq  Shakarov test sinovlari tugagach ekspertlar ishtirokida rasmiy munosabat bermoqchiligini ta’kidladi.

“To‘g‘risini aytsam, men hali test topshiriqlari bilan tanishib ulgurmadim, ekspertlarimiz esa hozirgi kunda yopiq rejimda, ya’ni biz ular bilan bog‘lana olmaymiz, biroq test sinovlari tugagach, ekspertlar ishtirokida abituriyentlarda yuzaga kelayotgan turli xil noroziliklarga oydinlik kiritish maqsadida munosabat beramiz”, deydi u. 

Uning qo‘shimcha qilishicha, huquqshunoslik fanlaridan test topshiriqlari amaldagi DTS va o‘quv dasturlari asosida shakllantirilgan bo‘lib, oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga kirish test sinovlarida huquqshunoslik fanlaridan foydalaniladigan test varianti tafsiloti Bilim va malakalarni baholash agentligining rasmiy saytida e’lon qilingan. 

“Testda tushgan savollar tasdiqlangan o‘quv dasturlariga oid tuzilgan bo‘lib, unda kodeks va qonunlarning ma’lum qismlarini abituriyentlarga o‘qitish belgilangan. Bu degani test topshiriqlari ham kodekslarning istalgan joyidan tuzilishi mumkin degani emas, o‘quv dasturida belgilangan mavzular doirasida Jinoyat hamda Ma’muriy kodeksdan tuzilishi mumkin. Agar abituriyentlarda norozilik holatlari kuzatilsa, to‘laqonli апелляцияshikoyatини berishga haqlidirlar”, deydi Shakarov.

To‘liq intervyuni QALAMPIR.UZ ning YouTube’dagi sahifasida ko‘rishingiz mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

abiturient

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing