Magnitogorskda qahramonlik ko‘rsatgan o‘zbek yigiti Abdulaziz Komilov tomonidan taqdirlandi

Jamiyat

image

Kecha, 5 fevral kuni O‘zbekistonning Yekaterinburg shahridagi Bosh konsulxonasida (Rossiya) O‘zbekiston fuqarosi Olamafruz Abdullayev bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
 
Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan Abdullayevning beg‘araz va qahramonona harakati Rossiya matbuoti tomonidan keng yoritildi, unda jasorati va o‘zgalar qayg‘usiga befarq emasligi ta’kidlandi.
 
Bosh konsulxonadagi uchrashuvga Rossiyada vaqtinchalik bo‘lib turgan o‘zbekistonliklar, jumladan, oliy ta’lim muassasalari talabalari, shuningdek, Sverdlovsk viloyatidagi o‘zbek diasporasi rahbari Zokir Allabergenov ham taklif etildi.
 
Uchrashuv yakunida Olamafruz Abdullayevga O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri nomidan qimmatbaho sovg‘a va O‘zbekistonning Yekaterinburg shahridagi Bosh konsulxonasi faxriy yorlig‘i topshirildi. “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK tomonidan uning 7 fevralda uchib ketishi uchun Yekaterinburg-Toshkent reysiga bepul chipta ajratildi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Magnitogorsk OlamafruzAbdullaev Ekaterinburg

Baholaganlar

2

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing