Yekaterinburgda og‘ir ahvolga tushgan o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

Jamiyat

image

Rossiyaning Yekaterinburg shahrida og‘ir moddiy ahvolga tushib qolgan O‘zbekiston fuqarosiga mamlakatga qaytishida yordam ko‘rsatildi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi. 

Qayd etilishicha, Toshkent viloyatida tug‘ilgan A. D. joriy yilning 8 sentyabr kuni O‘zbekistonning Yekaterinburg shahridagi Bosh konsulxonasiga murojaat qilgan. O‘zbekistonlik fuqaroning ma’lum qilishicha, u joriy yilning yanvarida vaqtincha mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish uchun Sverdlovsk viloyatiga kelgan.

Biroq iyul oyida vaqtincha yashash joyida yiqilib tushishi oqibatida umurtqa pog‘onasidan og‘ir jarohat olgan. Mablag‘i yo‘qligi sababli zarur davolanish kursini ololmagan va mehnat faoliyatini davom ettira olmagan.

Shuningdek, uning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari foydalanishga yaroqsiz holga kelib qolgan.

Konsullik xodimlari vaziyatni o‘rganib, tegishli idoralar bilan zarur choralarni ko‘rgan. Natijada unga O‘zbekistonga qaytish guvohnomasi rasmiylashtirib berilgan.

Shundan so‘ng belgilangan tartibda Migratsiya agentligi jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan “Yekaterinburg – Toshkent” yo‘nalishidagi aviareysga bilet xarid qilingan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shvetsiya va Polshada migratsiya qonunchiligini buzgan 27 nafar O‘zbekiston fuqarosi charter reysi orqali Toshkentga olib kelingani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing