Yekaterinburgda og‘ir ahvolda qolgan o‘zbekistonlik mamlakatga qaytarildi
Jamiyat
−
09:52 432 1 daqiqa
Rossiyaning Yekaterinburg shahrida turar joysiz qolib, ko‘chada tunlashga majbur bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosiga mamlakatga qaytarildi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, O‘zbekistonning Yekaterinburgdagi Bosh konsulxonasiga Navoiy viloyatida tug‘ilgan O. V. bir necha kundan buyon turar joysiz qolgani va yashash uchun zarur sharoitlari bo‘lmagani sabab ko‘chada tun ashga majbur bo‘layotgani haqida ma’lum qilingan.
Shundan so‘ng konsullik xodimlari murojaatni zudlik bilan o‘rganib, fuqaro bilan suhbat o‘tkazgan. Uning shaxsi va yuzaga kelgan holatlar aniqlangach, yaqinlari bilan bog‘lanilgan.
Bosh konsulxona ko‘magida O. V. ga “Yekaterinburg – Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha aviachipta olib berilib, uning O‘zbekistonga xavfsiz qaytishi ta’minlangan.
“Bosh konsulxona xorijda og‘ir vaziyatga tushib qolgan O‘zbekiston fuqarolariga yaqindan yordam berish, ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish va zarur konsullik ko‘magini ko‘rsatish borasidagi ishlarni izchil davom ettirmoqda”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sankt-Peterburg shahrida og‘ir vaziyatga tushib qolgan O‘zbekiston fuqarosi va uning 6 nafar farzandiga yordam ko‘rsatilgan edi.
Live
Barchasi