Bivol ikkita jahon chempionligini himoya qildi
Sport
−
01 iyun 1675 2 daqiqa
Kecha, 31 may kuni rossiyalik bokschi Dmitriy Bivol yarim og‘ir vazn toifasida WBA va IBF chempionlik kamarlarini muvaffaqiyatli himoya qildi.
Yekaterinburg shahrida bo‘lib o‘tgan 12 raundlik jangda Bivol IBF bo‘yicha majburiy da’vogar germaniyalik Mixael Ayfertni hakamlarning bir ovozdan chiqargan qarori bilan mag‘lub etdi. Uchala hakam ham jangni rossiyalik bokschi foydasiga 120:107 hisobida baholadi.
Jangning birinchi raundidayoq, Ayfert nokdaunga uchradi. Shundan keyingi bahs asosan rossiyalik sportchining ustunligi ostida o‘tdi. Yaqinda operatsiya o‘tkazganiga qaramay, Bivol yaxshi jismoniy holatda ekaniga ishonch hosil qildi va butun jang davomida vaziyatni nazorat qilib turdi.
35 yoshli Bivol uchun bu faoliyatidagi 25-g‘alaba bo‘ldi. Ularning 12 tasini nokaut bilan qo‘lga kiritgan. Shu bilan birga, uning hisobida bitta mag‘lubiyat ham mavjud.
Bivolning so‘nggi yirik g‘alabalaridan biri – 2025 yil fevral oyida qayd etilgan. O‘shanda u vatandoshi Artur Beterbiyevni hakamlar qarori bilan mag‘lub etib, mutlaq jahon chempioni maqomini qo‘lga kiritgan va avvalgi mag‘lubiyati uchun revansh olgan edi.
Biroq 2025 yil aprel oyida rossiyalik bokschi Jahon boks kengashi (WBC) kamaridan mahrum qilindi. Bunga uni belgilangan muddatda himoya qilishdan bosh tortgani sabab bo‘lgan. Shu yilning o‘zida Jahon boks tashkiloti (WBO) Bivol va Ayfert o‘rtasidagi jangni sanatsiyalashdan bosh tortgan bo‘lsa-da, rossiyalikning chempionlik maqomini saqlab qoldi.

Live
Barchasi