Bivol tirsagidan operatsiya qilindi
Sport
−
24 iyul 1145 1 daqiqa
Rossiyalik bokschi Dmitriy Bivol tirsagidan rejali jarrohlik amaliyotini muvaffaqiyatli o‘tkazganini ma’lum qildi. Bu haqda Bivol Instagram’dagi sahifasida ma’lum qildi.
“Rejalashtirilgan tirsak operatsiyasi ortda qoldi. Hammasi yaxshi o‘tdi. Qo‘llab-quvvatlaganingiz, yo‘llagan xabarlaringiz va iliq so‘zlaringiz uchun barchangizga rahmat”, deb yozdi Bivol.
35 yoshli Bivol professional faoliyati davomida 26 ta jang o‘tkazib, 25 g‘alaba va bir mag‘lubiyat qayd etgan.
Uning so‘nggi jangi joriy yilning 30 may kuni Yekaterinburg shahrida bo‘lib o‘tdi. O‘sha bahsda Bivol Jahon boks assotsiatsiyasi (WBA Super) va Xalqaro boks federatsiyasi (IBF) yarim og‘ir vazn toifasidagi chempionlik kamarlari uchun kechgan jangda germaniyalik Mixael Ayfertni hakamlarning yakdil qarori bilan mag‘lub etdi.
Live
Barchasi