Mag‘lubiyatdan so‘ng mendan boshqa hech kimning hafsalasi pir bo‘lmadi – Bruno

Sport

image

“Manchester Yunayted”ning portugaliyalik yarim himoyachisi Brunu Fernandesh APL 6-turidan “Aston Villa”ga qarshi o‘yindan so‘ng o‘z fikrini bildirdi. U bahsning so‘nggi daqiqasida belgilangan penaltidan unumli foydalana olmagani faoliyatiga salbiy ta’sir o‘tkazmasligini ta’kidladi.    

“Penalti va mag‘lubiyatdan so‘ng, mendan boshqa hech kimning hafsalasi pir bo‘lgani yo‘q. Hech qachon mas’uliyatdan voz kechmaganman va bunday paytlarda javobgarlikni o‘z zimmamga olaman. Tanqid va qarama-qarshi fikrlar futbolning muhim qismidir. Men ular bilan yashash va hattoki, motivatsiya o‘rnida ishlatishni o‘rgandim. Tanqidlar menga yaxshi futbolchi bo‘lish uchun o‘z ustimda ishlashdan to‘xtamaslik majburiyatini yuklaydi”, deydi Fernandesh.

Shuningdek, portugaliyalik futbolchi jamoaning g‘alabasi eng asosiy vazifa ekaniga urg‘u berdi:

“Men “Manchester Yunayted”ga ko‘chib kelgan paytdan boshlab, ishonib mas’uliyatni o‘z zimmamga oldim va kerak bo‘lganda yana olishdan qo‘rqmayman. Eng muhimi – jamoaning g‘alabasi. Men har doim maydonda maqsad va katta xohish bilan o‘ynaganman. Kelajakda ham shunday bo‘ladi”.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 25 sentyabr kuni MYU o‘z maydonida “Aston Villa”ga qarshi bahs olib bordi va 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi.


Maqola muallifi

Teglar

APL Brunu Fernandesh Penal'ti

Baholaganlar

58

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing