Kerrik va Fernandesh MYUni tark etadi – OAV

Sport

−

image

“Manchester Yunayted” rahbariyati munosib o‘rinbosar topilganidan so‘ng bosh murabbiy Maykl Kerrik va jamoa sardori bilan xayrlashishni rejalashtirmoqda. Bu haqda “indykaila” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Angliyaning boshqa ikki jamoasi – “Bornmut” va “Fulhem” klublari 45 yoshli mutaxassisni kelajakdagi bosh murabbiy sifatida ko‘rib chiqmoqda. Shuningdek, klub bosh murabbiyidan tashqari “Manchester Yunayted” sardori va yarim himoyachisi Brunu Fernandesh ham yozda shartnoma muddati tugagach, jamoani tark etishi kutilmoqda.

Maykl Kerrik 2026 yil yanvar oyidan buyon “qizil iblislar”ni boshqarib kelmoqda. Hozirda Angliya Premer-ligasining dastlabki olti turidan keyin mankunianliklar olti ochko bilan 14-o‘rinda bormoqda.

Ma’lumot uchun, Brunu Fernandesh 2020 yil yanvar oyidan beri “Manchester Yunayted” sharafini himoya qilib kelmoqda. U shu vaqt davomida barcha musobaqalarda 336 ta o‘yinda maydonga tushib, 111 ta gol urgan va 109 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Napoli”, “Inter”, “Chelsi” va Italiya terma jamoasida ishlagan Antonio Konte “Manchester Yunayted” bosh murabbiyi bo‘lishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing