Fernandesh assistlar bo‘yicha APL rekordini yangiladi

Sport

image
“Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Brunu Fernandesh Premer-liganing so‘nggi turida “Brayton”ga qarshi uchrashuvda (1:0) golli uzatmani amalga oshirdi. Shu tariqa Brunu assistlar bo‘yicha APL rekordini yangiladi.

O‘yinning 33-daqiqasida Fernandesh burchakdan uzatgan to‘pini Patrik Dorgu golga aylantirdi. Bu golli pas 31 yoshli portugaliyalik futbolchi uchun mavsumdagi 21-assist bo‘ldi va u Premer-liganing yangi rekordini o‘rnatdi.

Bungacha liga rekordi Terri Anri va Kevin de Bryuynega tegishli edi. Ularning har biri bir mavsumda 20 tadan golli uzatmani amalga oshirgan.

Ma’lumot uchun, Brunu Fernandesh 2020 yildan buyon “Manchester Yunayted” safida to‘p surib kelmoqda. 2025-2026 yilgi mavsumda u Premer-ligada 35 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 21 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Brunu Fernandesh Premer-liganing 2025-2026 yilgi mavsumning eng yaxshi o‘yinchisi deb topilgandi.

Maqola muallifi

Teglar

rekord Prem'er-liga Brunu Fernandesh

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing