Brunu Fernandesh APLda mavsumining eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi

Sport

image
“Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Brunu Fernandesh Angliya Premer-ligasining 2025-2026 yilgi mavsumidagi eng yaxshi futbolchi deb topildi. Bu haqda turnir matbuot xizmati xabar berdi.

Brunu Fernandesh himoyachi Nemanya Vidich 2011 yilda ushbu mukofotni qo‘lga kiritganidan beri Premer-liganing mavsum futbolchisi sovrinini olgan “Manchester Yunayted”ning ilk o‘yinchisi bo‘ldi.

Fernandesh joriy mavsumda “Manchester Yunayted” safida barcha musobaqalarda 36 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 21 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Ta’kidlash joiz, “Manchester Yunayted” Premer-ligadagi so‘nggi besh uchrashuvning to‘rttasida g‘alaba qozongan va bittasida durang o‘ynadi.

Fernandesh Premer-ligada bir mavsum davomida eng ko‘p golli uzatma bergan futbolchi sifatida rekord o‘rnatdi. Mavsum yakunlanishiga yana bir tur qolgan bo‘lib, “Manchester Yunayted” ertaga, 24 may kuni “Brayton”ga qarshi maydonga tushadi. Jamoaning “Brayton”ga qarshi so‘nggi uchrashuvi esa turnir jadvali nuqtai nazaridan ahamiyatsiz hisoblanadi.

Ma’lumot uchun, o‘tgan mavsum ushbu mukofot “Liverpul” hujumchisi Muhammad Saloh qo‘lga kiritgandi.

Maqola muallifi

Teglar

“Manchester Yunayted” Prem'er-liga Brunu Fernandesh

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing