Mag‘lub bo‘lgan Qodirov Shavkat Mirziyoyevni tabrikladi (video)

Jamiyat

Kecha, 24 oktyabr kuni o‘tkazilgan O‘zbekiston Prezidenti saylovining dastlabki natijalariga ko‘ra, O‘zLiDep nomzodi Shavkat Mirziyoyev 80,1 foiz ovoz bilan g‘alaba qozongani haqida xabar bergan edik.

Saylovda “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan nomzodi ko‘rsatilgan Alisher Qodirov Prezident saylovidagi ishtiroki natijalari bo‘yicha brifingda Shavkat Mirziyoyevni g‘alaba bilan tabrikladi.

“Bu galgi Prezident saylovida O‘zLiDepdan nomzod sifatida ishtirok etgan Shavkat Miromonovich Mirziyoyevni xalqimizni ishonchi, 80 foizdan ortiq ovoz to‘plagani bilan chuqur, samimiy tabriklamoqchiman. Biz ushbu natijani to‘liq e’tirof etamiz.

Fursatdan foydalanib hurmatli Shavkat Miromonovich Mirziyoyevni xalqimizni, xalqaro hamjamiyatni yuksak ishonchiga, e’tirofiga erishgani bilan partiyadoshlarimiz, partiyamizning butun elektorati nomidan samimiy tabriklamoqchiman”, dedi Qodirov.

Ma’lumot uchun, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan nomzod Alisher Qodirov saylovda 5,5 foiz saylovchining qo‘lloviga erishib, umumiy hisobda uchinchi o‘rinni egalladi. Ikkinchi o‘rin Xalq demokratik partiyasi nomzodi Maqsuda Vorisovaga nasib qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Alisher Qodirov

Baholaganlar

1634

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing