Magistratura va ijodiy imtihonlar qachon o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi

Jamiyat

image

Oliy ta’lim muassasalarining magistratura bosqichiga kirish imtihonlari hamda ijodiy imtihonlar sentyabr oyidan boshlanadi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Inomjon Majidov matbuot anjumani vaqtida ma’lum qildi.

“Test sinovlari bo‘lib o‘tayotgan bir vaqtda ijodiy imtihonlar, magistratura uchun imtihonlar, litseylar uchun ham sinovlar ayni shu davrda o‘tkaziladi”, dedi vazir.

Vazirning qayd etishicha, litseylarni darsliklar bilan ta’minlash masalasida muammolar bor. Darsliklar bilan ta’minlash Xalq ta’limi vazirligi zimmasida. Ammo litseylar Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga qarashli.

“Darsliklarni chop etish, yetkazib berishdagi muammolar bo‘layotgan bo‘lsa, bu masala ko‘riladi. Litseylar uchun alohida darsliklar joriy qilinishi rejalashtirilmoqda. Yo‘nalishlari bo‘yicha maxsus darsliklar chop etiladi”, dedi Majidov.

Eslatib o‘tamiz, OTMga kirish imtihonlarini 2 sentyabrdan boshlash rejalashtirilgan. Imtihonlar stadionlarda o‘tkaziladi. Ammo buning uchun mamlakatda karantin cheklovlari yumshatilishi yoki bekor qilinishi kerak.


Maqola muallifi

Teglar

OTM imtihon

Baholaganlar

288

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing