MAGATE ekspertlari ZAESda qachongacha qolishi aytildi

Olam

image

Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik (MAGATE) ekspertlar guruhi vaziyatni baholash uchun 4 yoki 5 sentyabrgacha Zaporoje atom elektr stansiyasida (ZEES) qoladi. Bu haqda tashkilot bosh direktori Rafael Grossi ma’lum qilgan. 

"MAGATEdan ikkita texnik ekspertlar guruhi bor. Bitta guruh ZAESda yakshanba yoki dushanbagacha (4 yoki 5 sentyabr – tahr.) vaziyatni baholash uchun ishlaydi. Ular birinchi savollarni shakllantirishlari, birinchi ma’lumotlarni taqdim etishlari kerak. Dastlabki baholash o‘tkaziladi, shundan so‘ng ular hisobot tayyorlaydilar. Shundan so‘ng biz stansiyada doimiy ishtirok etishimizni, ya’ni ZAESda MAGATE ekspertlarining doimiy bo‘lishini ta’minlashni rejalashtirmoqdamiz”, deydi Grossi. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, MAGATE avariya tizimlari, dizel generatorlari, ZAES quvvat bloklarining blok qalqonlarini tekshirgan. 

“Biz avariya tizimlari, dizel generatorlari, atom energetika bloklarining blok qalqonlari va boshqa elementlarni ko‘rib chiqdik”, deydi Grossi. 

Uning ta’kidlashicha, atom elektr stansiyasining yaxlitligi bir necha bor buzilgan.  

“Stanuiya va uning jismoniy yaxlitligi bir necha bor buzilgani aniq, bizda tasodifanmi yoki ataylab baho berish uchun zarur elementlar yo‘q”, deydi Grossi.

Aytish joizki, 30 avgust kuni MAGATE rahbari Rafael Grossi boshchiligidagi missiya Kiyevga yetib borgandi. 31 avgust kuni ertalab esa MAGATE missiyasi karvoni Kiyevdan chiqib, Energodardagi ZAES tomon yo‘l olgan. 1 sentyabr kuni ekspertlar o‘z ishini boshladi. 

Eslatib o‘tamiz, Rossiya mart oyi boshida ZAESni egallab oldi, shundan keyin ukrainalik xodimlar stansiyada ishlashda davom etdi. 5 avgust kuni ukrain matbuoti ruslar ZAESga to‘rt marta o‘q uzgani haqida xabar berdi. So‘nggi kunlarda elektr stansiyasi muntazam ravishda o‘qqa tutilmoqda, bunda Rossiya va Ukraina bir-birini ayblamoqda. Rasmiy Moskvaga ko‘ra, Ukraina bo‘linmalari tomonidan Zaporoje atom elektr stansiyasining o‘qqa tutilishi yadroviy terrorizm akti va bu Chernobildan ham kattaroq falokatga olib kelishi mumkin.

Zaporoje Yevropadagi eng yirik atom elektr stansiyasi bo‘lib, u Ukrainadagi barcha elektr energiyasining chorak qismini ishlab chiqaradi. Qariyb 6 ming megavatt quvvatga ega ushbu inshoot oltita energiya blokidan iborat. Hozirda atom elektr stansiyasi to‘liq quvvatining 70 foizida ishlaydi.


Maqola muallifi

Teglar

MAGATE Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

53

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing