Madrimov Kanelo - Krouford jangida kim g‘alaba qozonishini aytdi

Sport

−

image

Professional boksning super yarim o‘rta vazn toifasida faoliyat olib borayotgan o‘zbekistonlik sportchi Isroil Madrimov Saul Alvares (Kanelo) va Terens Krouford o‘rtasidagi jangda Kanelo g‘alaba qozonishini taxmin qildi. Bu haqda u “Fightnews” nashriga bergan intervyusida aytdi.

“Avvalo, ular boshqa-boshqa vazn toifasida jang qilishadi. Menimcha, Kanelo hakamlar qaroriga ko‘ra g‘alaba qozonadi”, deydi Isroil Madrimov. 

Ma’lumot o‘rnida, Saul Alvares va Krouford o‘zaro jang borasida kelishuvga erishgani haqida mish-mishlar tarqaldi. Ammo jang qachon va qayerda o‘tkazilishi haqida rasmiy ma’lumot yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, Madrimov bo‘lajak jangi oldidan “face- to -face” marosimidan o‘tgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing