Madrimov kamarli bo‘lgan turnir markaziy jangida Joshua g‘alaba qozondi
Sport
−
09 mart
7081Kecha, 8 mart oqshomida Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahridagi “Kingdom Arena” majmuasida professional boks musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Markaziy jangda britaniyalik Entoni Joshua kamerunlik Fransis Ngannuga qarshi ringga ko‘tarildi.
Hamma uzoq kutgan to‘qnashuvda Joshua ikkinchi raunddayoq Ngannuni chuqur nokautga uchratdi. Ikkala sportchi ham ushbu olti daqiqaga ham yetib bormagan jangdan 20 million dollardan ishlab oldi.
Shunday qilib, 31 yoshli Joshua faoliyatidagi 28-g‘alabasini tantana qildi. U shu paytga qadar profringda 3 marta mag‘lubiyatga uchragan. 37 yoshli Fransis Ngannu esa profringdagi ikkinchi jangida ham imkoniyatni boy berdi. O‘tgan yili boksdagi debyutida yana bir britaniyalik charm qo‘lqop ustasi Tayson Fyuriga mag‘lub bo‘lgandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq o‘zbekistonlik professional bokschi Isroil Madrimov WBA yo‘nalishida jahon chempioni bo‘lgani xabar qilingandi.