Madriddagi Ukraina elchixonasida portlash yuz berdi

Olam

image

Ukrainaning Ispaniya poytaxti Madriddagi elchixonasida portlash yuz berdi. Oqibatda diplomatik missiya xodimlari yengil jarohat oldi. “Reuters” agentligi ispan politsiyasiga tayanib, jarohatlanganlar shifoxonaga yotqizilganini ma’lum qildi.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, portlash elchixona yaqinida sodir bo‘lgan. Shu bilan birga, mahalliy “La Vanguardia” nashri portlash diplomatik missiyaning o‘zida yuz berganini xabar qildi.

OAV xabarlariga ko‘ra, portlovchi qurilma elchixonaga yuborilgan xat solingan konvertda bo‘lgan. “Efe” agentligi manbalari maktub elchi nomiga yozilganini, biroq uni diplomatik vakolatxona hududidagi xodimlardan biri ochganini da’vo qilmoqda.

Madrid politsiyasiga mahalliy vaqt bilan soat 13:00 (Toshkent vaqti bilan 17:00) atrofida Ukraina elchixonasida yong‘in chiqqani haqida xabar kelgan. Elchixona hududi o‘rab olingan. Voqea joyiga sapyorlar yetib borgan.

Ukraina Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Oleg Nikolenko Madriddagi elchixonaga konvert kelib tushganini, tekshiruv vaqtida u komendant qo‘lida portlab ketganini aytdi. Jabrlanuvchi yengil tan jarohati olgan. Voqeadan so‘ng butun dunyo bo‘ylab Ukraina elchixonalarida xavfsizlik kuchaytirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

elchixona portlash Ukraina

Baholaganlar

208

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing