Madaniyat vaziri aktrisa Gavhar Sharipovaning ruhiy xastalikka chalinganini aytdi

Madaniyat-san’at

image

Xabaringiz bor, joriy yilning 18 noyabr kuni taniqli aktrisa Gavhar Sharipova vafot etgan edi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 29 yoshli F.Sh. boshqaruvidagi ISUZU rusumli (yuk tashuvchi) avtomashinasi bilan “Samarqand-G‘uzor” yo‘nalishidagi A-378 yo‘lning Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumani Yarg‘unchi mahallasi hududidan o‘tgan 140 kmga kelgan vaqtida,  yo‘lovchi sifatida ketayotgan Gavhar Sharipova bilan o‘zaro kelishmovchilik chiqadi va aktrisa avtomobil eshigini ochib, o‘zini tashqariga otadi. Olgan tan jarohatlari natijasida voqea joyida vafot etadi. 

Aktrisa vafot etgach, uning so‘nggi vaqtlarda uysiz qolib, boshqa hamkasblarining uyida yashab yurgani, so‘ng ishlash uchun Rossiyaga ketgani, bunda soha vakillari tomoshabin bo‘lib turgani, hatto, O‘zbek milliy akademik drama teatriga ish so‘rab borganida, qabul qilinmagani haqida gap-so‘zlar tarqaldi. Ayrimlar unda kuchli tushkunlik sabab ruhiy zo‘riqish bo‘lganini aytdi. 

Bugun, 27 noyabr kuni Prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikakiyalar agentligida Madaniyat vazirligi mutasaddilari bilan o‘tgan Matbuot anjumanida Madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullayev shu masalaga to‘xtalib, quyidagi fikrlarni bayon etdi: 

“Kuni kecha shoira Gavhar Matchonova “Men ham Gavhar Sharipovaga o‘xshab o‘lib ketsam kerak, u qiynaldi”, deb yozibdi. Gavhar Sharipovaning ruhiy xastalikka chalinishiga teatr yoki atrof muhit sababchi emas. Men buni ochiq aytaman. Keyingi paytlarda “O‘zbekkonsert”ga ham bordi, bizga ham keldi. Kechirasizlar, ammo u ruhan nosog‘lom edi. 

Teatrga ish so‘rab borsa, qaysi teatr qabul qilmaydi?”, deydi Baxtiyor Sayfullayev. 

Matbuot anjumanida san’atkorlarni ijtimoiy himoya qilish masalasi ham muhokama qilindi. 


Maqola muallifi

Teglar

Baxtiyor Sayfullaev Gavhar Sharipova

Baholaganlar

950

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing