Aktrisa Gavhar Sharipovaning vafoti sababchisiga sud qanday jazo berdi?
3-sahifa
−
20 noyabr 2020
71883Taniqli kino va teatr aktrisasi Gavhar Sharipova o‘tgan yilning 18 noyabr kuni vafot etgan edi.
Qashqadaryo viloyat YHXB axborot xizmati rasmiy munosabat bildirib, aktrisaga yuk mashinasi haydovchisi shilqimlik qilgani, shundan so‘ng u yurib ketayotgan avtoulovdan o‘zini tashlab vafot etganini ma’lum qilgandi. Shuningdek, Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, fuqaro F. Sh.ga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgandi.
Joriy yilning 12 iyun kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha G‘uzor tuman sudi binosida ochiq sud majlisi o‘tkazilib, F. Sh. ustidan sud hukmi o‘qilgan. Bu haqda "Darakchi" gazetasida Jinoyat ishlari bo‘yicha G‘uzor tumani sudi raisi Nurbek ABDULLAEV hamkorligida batafsil maqola yoritilgan.
Qayd etilishicha, sud haydovchi F.Sh.ni Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish odam o‘limiga sabab bo‘lishi) bilan aybdor deb topgan. Shuningdek, sudlanuvchiga Jinoyat Kodeksining 59-moddasi 8-qismi va 61-moddalariga asosan, avvalgi hukmi yuzasidan o‘talmay qolgan jazo muddati qisman qo‘shilib, transport vositalarini boshqarish huquqidan 2 yilu 6 oyga hamda 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlangan. Asosiy jazo muddati 2019 yil 19 noyabrdan boshlab hisoblanishi belgilangan.
Ma’lumot uchun, Gavhar Sharipova 1980 yilda Navoiy shahrida tug‘ilgan. 2001 yilda Toshkent davlat san’at instituti (hozirgi O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti)ning drama-teatr va kino aktyorligi yo‘nalishi bo‘yicha tamomlagan. Bir muddat O‘zbek Milliy akademik drama teatrida faoliyat yuritgan. Gavhar Sharipova “Alpomish”, “Aldangan ayol”, “Sarvinoz”, “Gulhan atrofidagilar” kabi o‘nlab o‘zbek film va seriallarida ham turli ampuladagi rollarni ijro etgan.
LiveBarchasi