Madaniyat instituti bo‘lim boshlig‘i 4 yilga qamaldi

3-sahifa

image

Avvalroq, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti bo‘lim boshlig‘i pora olayotganda ushlangani xabar qilingandi. Sud uni 4 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qildi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti o‘quv-uslubiy bo‘lim mudiri Abdurasul O‘rozov joriy yilning 28 iyulidan beri qamoqda saqlanmoqda. 

U institut rektorining tegishli buyrug‘iga asosan 2023-2024-o‘quv yili uchun qabul komissiyasi mas’ul kotibi vazifasini bajargan. Shu davrda u o‘z xizmat mavqeidan foydalangan holda fuqaroni pora evaziga ijodiy imtihonlardan yuqori ball to‘plashiga yordam berishi va shu yo‘l bilan uni institutga to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga kiritib qo‘yishga kelishgan.  

28 iyul kuni soat 22:10 lar atrofida huquqni muhofaza qiluvchi idora xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, O‘rozov o‘z boshqaruvidagi avtomashina ichida fuqaro bilan uchrashib, undan 4.800 AQSH dollar miqdoridagi pullarni pora tariqasida olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat joriy yilning 21 noyabr kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudidagi ochiq sud majlisida ko‘rib chiqilgan va sud Abdurasul O‘rozovni O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 210-modda (Pora olish)si 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topgan. Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 45-modda (Muayyan huquqdan mahrum qilish)sini qo‘llab, 2 yil muddatga ta’lim sohasida mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilib, 4 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. Sud jazoni manzil koloniyalarda o‘tashni va jazo muddati 2023 yil 28 iyul kunidan boshlab hisoblanishini belgilab bergan.


Maqola muallifi

Teglar

pora madaniyat instituti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing