Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari o‘zgardi
Jamiyat
−
02 fevral
7974Minhojiddin Mirzajanovich Hojimatov Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari lavozimidan ozod qilindi. U 2019 yilda O‘zbekiston Respublikasi Ma’naviyat va ma’rifat markazining rahbari etib tayinlangandi.
Ma’lumot uchun, shoir va jurnalist Minhojiddin Hojimatov 1965 yilda tug‘ilgan, 1990 yilda Toshkent davlat universiteti Jurnalistika fakultetini tamomlagan. U 2012−2013 yillarda — Milliy teleradiokompaniya raisining birinchi o‘rinbosari bo‘lgan. 2013−2014 yillarda Madaniyat va sport vaziri bo‘lgan. Shuningdek, u Yozuvchilar uyushmasi raisi o‘rinbosari lavozimida ham ishlagan.
Uning o‘rniga Otabek Abdurashidovich Hasanov Ma’naviyat va ma’rifat markazi direktori etib tayinlandi.
U tayinlovga qadar Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktori birinchi o‘rinbosari sifatida ishlab kelayotgan edi.
LiveBarchasi