Minhojiddin Mirzo Yozuvchilar uyushmasiga qaytdi
Jamiyat
−
02 fevral
6416Minhojiddin Hojimatov (Minhojiddin Mirzo) Yozuvchilar uyushmasi raisining ijodiy masalalar bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati xabar berdi.
Bugun, 2 fevral kuni O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining navbatdan tashqari yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan va unda tashkiliy masala ko‘rilgan.
Yig‘ilishda Minhojiddin Hojimatov (Minhojiddin Mirzo) Yozuvchilar uyushmasi raisining ijodiy masalalar bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan.
Bungacha u 2019 yildan beri O‘zbekiston Respublikasi Ma’naviyat va ma’rifat markaziga rahbarlik qilib kelayotgandi.
Ma’lumot uchun, shoir va jurnalist Minhojiddin Mirzo 1965 yilda tug‘ilgan, U 1990 yilda Toshkent davlat universiteti Jurnalistika fakultetini tamomlagan. U 2012−2013 yillarda — Milliy teleradiokompaniya raisining birinchi o‘rinbosari. 2013−2014 yillarda Madaniyat va sport vaziri bo‘lib ishlagan. Shuningdek, u Yozuvchilar uyushmasi raisi o‘rinbosari lavozimida ham ishlagan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Minhojiddin Mirzoning o‘rniga o‘rniga Otabek Abdurashidovich Hasanov Ma’naviyat va ma’rifat markazi direktori etib tayinlangani xabar qilingandi.